Xorazm viloyati, Hazorasp tumani mahallasi

blog


Bugungi kunda insonlarning bilim darajasi ham, dunyoqarashi ham kechagi kundan ancha farq qiladi.Har bir shaxs yashayotgan olamida ro'y berayotgan yangiliklarni bilishni, o'zi uchun ahamiyatga ega bo'lgan jarayonlardan boxabar bo'lishni istaydi. Shundan kelib chiqqan holda insonning o'ziga yarsha talab va istaklari mavjud.

Masalan: axborot sohasida -doimiy yangiliklarni bilish, savdo sohasida- eng sifatlisini xarid qilish kabilar shular jumlasidandir.

Albatta bu kabi talab va istaklar har bir sohada doimiy yangiliklar va o'zgarishlar bilan hamnafas holda faoliyat yuritishga turtki bo'la oladi. Biroq ko'z ochib yumguncha sodir bo'layotgan yangiliklar hayotimizda juda ko'p.

Hatto ularning ko'pchiligini ko'zimiz ko'rmay, qulog'imiz eshitmay ham qoladi. Xo'sh savol tug'iladi : o'tkazib yuborilgan yoki eshitmagan yangiliklardan xabardor bo'lishning, aniqroq aytganda bugungi tezkor davrning bizga kerak ma'lumotlarini  "ushlab olish" va o'zimizga qulay vaqtda, xotirjam tafsilotlari bilan tanishishning imkoni bormi ?
Ha imkoni bor albatta.
U shubhasiz insoniyatga uzoq yillar beminnat xizmat qilib, yangiliklar haqida bizga xabar berib kelayotgan - Matbuot va ommaviy axborot vositalari va xodimlaridir.

Birgina Hazorasp tumanimizning o'zida faoliyat ko'rsatib kelayotgan, tuman hokimligining siyosiy-ijtimoiy gazetasi "Hazoraspnoma"  va tuman hokimligining  ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy kanallari haqida fikr yuritadigan bo'lsak, Hazorasp tuman hokimligi Axborot xizmati tumanimizning ma'naviy-ma'rifiy hayotiga juda katta ijobiy ta'sir ko'rsatib kelmoqda.

Sababi voqealarga to'g'ri baho bera oladigan, zamonaviy o'zbek jurnalistikasining yetakchi vakillaridan biri, qalami o'tkir jurnalist va rahbar, Hazorasp tumani hokimi Matbuot kotibi Usmonova Jamila Umarovna tomonidan adabiyot, san'at va sport sohasida muvaffaqiyatlarga erishayotgan tumanimizning iqtidorli yoshlarini jamoatchilikka yaqindan tanishtirish va ularning jamiyatdagi ro'lini yanada kuchaytirish borasida olib borilayotgan ishlar fikrimizning yaqqol isbotidir.
 
Yonlarida yurib guvoh bo'lganmanki, Jamila Umarovna boshchiligidagi matbuot va ommaviy axborot vositalari, tumanimizda va viloyat miqyosida ko'plab anjuman va ma'rifiy tadbirlarni o'tkazdi.

Unda respublikamizning turli sohalarida faoliyat ko'rsatib kelayotgan madaniyat xodimlari, yozuvchi, shoirlar, teatr va kino aktyorlari, bastakor-u, olimlar ishtirok etib, tuman hokimi matbuot kotibi faoliyatiga ijobiy fikrlar bildirishgan edi.

Bu kabi misollarni ko'plab keltirishimiz mumkin.

Biroq maqsad kimnidir ko'kka ko'tarish yoki kimnidir tanqid qilish emas. Asosiysi bugungi tezkor davrimizda ham o'z mavqeyini saqlab kelayotgan, biz uchun ahamiyatli bo'lgan- Matbuot va ommaviy axborot vositalaridan o'zimiz uchun foydalisini tanlab olishdir.

Xozirda insonlarni hech qanday ta'sir kuchiga ega bo'lmagan kechagi kun axborotlari bilan jalb qilishning, to'g'rirog'i vaqtlarini olishning imkoni yo'q. Biz uchun hamisha yangiliklar ustida ishlaydigan barcha jurnalistlarni jumladan Hazorasp tumani hokimining Matbuot kotibi Usmonova Jamila Umarovnani ham bugungi kasb bayramlari, 27-iyun-Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni bilan tabriklaymiz.

Hazorasp tuman maktabgacha va maktab ta'limi bo'limining Axborot xizmati.
Husanboy Sultonov

Manzil

  • Xorazm viloyati, Hazorasp tumani mahallasi
  • +998 (93) 468-81-88
  • info@hazorasp-mmtb.uz
  • Ish vaqti: 9:00 - 18:00
«    Июнь 2025    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30 

Yil dasturi

Maktab manzili