Xorazm viloyati, Hazorasp tumani mahallasi

blog


Bugungi kunda Hazorasp tumanida maktabgacha taʼlim tashkilotlarida amalga oshirilayotgan ishlar sifati va samaradorligi, tuman maktabgacha va maktab taʼlimi bo'limi boshlig‘i Sherzod Axmedov tomonidan alohida nazoratga olinib muammolarga yechim topilmoqda. 

Xususan bugun tuman maktabgacha va maktab taʼlimi bo'limi rahbar xodimlaridan tarkib topgan ishchi guruh tumandagi 16-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Maktabgacha taʼlim tashkilotida bolajonlar uchun yaratilgan sharoitlar, jumladan ularning yotoq joylari, ovqatlanish sharoitlari va bog‘chaning obodonchilik ishlarini ko'zdan kechirdilar. Mashg‘ulot o'tkazuvchi tarbiyachilar va tarbiyalanayotgan bolajonlar bilan muloqot qildilar.
O'rganishlar davomida aniqlangan mavjud kamchiliklarni hal etish bo'yicha, tuman maktabgacha va maktab taʼlimi bo'limi ishchi guruhi tomonidan  masʼullarga kerakli topshiriqlarni berilib, ijrosi nazoratga olindi.
Hazorasp tuman maktabgacha va maktab taʼlimi bo'limi Axborot xizmati.

Manzil

  • Xorazm viloyati, Hazorasp tumani mahallasi
  • +998 (93) 468-81-88
  • info@hazorasp-mmtb.uz
  • Ish vaqti: 9:00 - 18:00
«    Апрель 2026    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
27282930 

Yil dasturi

Maktab manzili