Xorazm viloyati, Hazorasp tumani mahallasi

blog


Bugun ishchi guruh Yangibozor hududidagi navbatdagi 41-son umumtaʼlim maktablarida bo'lib, sohada belgilab olingan vazifalar ijrosi, maktabda rahbar xodimlarning meʼyoriy hujjatlari, obodonlashtirish ishlari, maktabda o'quvchilar uchun tashkil qilingan to'garaklar faoliyati va bir qator masalalar bo'yicha o'rganish olib bordilar.

O'rganishlar yakuni bo'yicha  maktabgacha va maktab taʼlimi bo'limi rahbar xodimlari 41-son umumtaʼlim maktabida kuzatilgan kamchiliklar bo‘yicha maktabning masʼul  rahbarlariga tegishli ko‘rsatmalar berdilar va ijrosi nazoratga olindi.

Eslatib o'tamiz Hazorasp tuman maktabgacha va maktab taʼlimi bo'limi boshlig‘i Sherzod Axmedov tomonidan, tumandagi umumtaʼlim maktablari va maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatini yaxshilash va mavjud muammolarni joyida hal etish yuzasidan, tuman maktabgacha va maktab taʼlimi bo'limi rahbar xodimlaridan iborat ishchi guruh tuzildi.

Ishchi guruh tumandagi maktablar faoliyatini o'rganishda davom etmoqda !


Hazorasp tuman maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi Axborot xizmati.

Manzil

  • Xorazm viloyati, Hazorasp tumani mahallasi
  • +998 (93) 468-81-88
  • info@hazorasp-mmtb.uz
  • Ish vaqti: 9:00 - 18:00
«    Август 2026    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930
31 

Yil dasturi

Maktab manzili