Xorazm viloyati, Hazorasp tumani mahallasi

blog


Bolalar hayotimiz davomchilari, kelajagimiz egalaridir. Bugun yurtimizda bolajonlar shunday  ulkan g‘amxo‘rliklar og‘ushida voyaga yetmoqda.

1-iyun Xalqaro bolalarni himoya qilish kuniga bag‘ishlab kecha Hazorasp tumanidagi  7-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotida bayram tadbiri o‘tkazildi.
Tadbirda tuman maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi rahbar xodimlari, keng jamoat tashkilot rahbarlari, ota-onalar ishtirok qildilar.Tadbirda maktabgacha taʼlim tashkilotlarida ovqatlantirishni tashkil etish boʻyicha metodist Malika Xodjayeva, 7-son maktabgacha taʼlim tashkiloti direktori Maqsuda Masharipova so’zga chiqib barcha bolajonlarni  bayram bilan tabrikladi. 

Tadbirda bolajonlar o’z mahoratlarini ko’rsatib kuy va qo’shiqlari bilan tadbir ishtirokchilariga ko'tarinki kayfiyat ulashdilar.Shuningdek tadbirdan so'ng tarbiyalanayotgan bolajonlarni to‘g‘ri va sog‘lom ovqatlantirish, bu boradagi ishlar holati ham o'rganildi.

Bayram tadbirlari davom etmoqda.

Hazorasp tuman maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi Axborot xizmati.

Manzil

  • Xorazm viloyati, Hazorasp tumani mahallasi
  • +998 (93) 468-81-88
  • info@hazorasp-mmtb.uz
  • Ish vaqti: 9:00 - 18:00
«    Апрель 2026    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
27282930 

Yil dasturi

Maktab manzili