Xorazm viloyati, Hazorasp tumani mahallasi

blog


Bilamiz maktablarda o'quv yili tugallandi.
Bolalar uzoq kutgan yozgi ta'til ham etib keldi.
Ularning ta'tilni maroqli o'tkazish va miriqib hordiq chiqarishlari uchun Hazorasp tumanida "Hazorasp niholi" va "Istiqlol" bolalar yozgi oromgohlari yozgi oromgohlari tashkil etildi.
Bugun Xorazm viloyat Prokuraturasi xodimi M.Davlatov va  tuman maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi xodimi M.Babadjanovalar "Hazorasp niholi"  bolalar yozgi oromgohida bo'lib, bolalar uchun yaratilgan qulayliklar bilan tanishdi.Ma'lumot uchun joriy yilda tumanimizda "Hazorasp niholi" va "Istiqlol" qisqa muddatli bolalar yozgi oromgohida, 90 nafardan 3 navbatli 270 nafar bolalarni sog'lomlashtirish rejalashtirilgan.
Oromgohlar mavsum davomida yoshlar o'rtasida kitobxonlikni targ'ib qilish maqsadida sara badiiy adabiyotlar bilan ta'minlandi, bolalarning axborot texnologiyalariga qiziqishini orttirish maqsadida kompyuter xonalari uchun zarur uskunalar, robototexnika jihozlari hamda zamonaviy kompyuterlar bilan ta'minlandi. Turli tadbirlar, sport o'yinlari va musobaqalari muntazam tashkil etish uchun sharoitlar yaratilgan.

Hazorasp tuman maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi Axborot xizmati.

Manzil

  • Xorazm viloyati, Hazorasp tumani mahallasi
  • +998 (93) 468-81-88
  • info@hazorasp-mmtb.uz
  • Ish vaqti: 9:00 - 18:00
«    Июнь 2025    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30 

Yil dasturi

Maktab manzili