Xorazm viloyati, Hazorasp tumani mahallasi

blog


Hazorasp tumanidagi barcha umumta'lim maktablarida o‘quvchilarning yozgi taʼtil davrida boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish boʻyicha rejali ishlar tashkil qilinmoqda.
Bugun Xorazm viloyat Prokuraturasi xodimi M.Davlatov va  tuman maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi xodimi M.Babadjanovalar tomonidan tumandagi 19-son va 34-son maktablarda “Besh muhim tashabbus” doirasida tashkil qilingan toʻgaraklar faoliyati o'rganildi.Aytish mumkin 19-son va 34-son maktablardagi  “Besh muhim tashabbus” doirasida yoshlar oʻrtasida sportning voleybol, stol tennisi, shaxmat-shashka turlari boʻyicha musobaqalar, ingliz tili, AKT, texnik ijodkorlik, musiqa va boshqa ijodiy to‘garaklar bo‘yicha darslar yaxshi tashkil qilingan.
Xorazm viloyat Prokuraturasi xodimi M.Davlatov o'quvchilar bilan muloqot qildi va maktab direktorlariga o‘quvchilarning yozgi taʼtil davrini yanada mazmunli tashkil etish boʻyicha o'zining taklif va tavsiyalarini berib o'tdi.

Hazorasp tuman maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi Axborot xizmati.

Manzil

  • Xorazm viloyati, Hazorasp tumani mahallasi
  • +998 (93) 468-81-88
  • info@hazorasp-mmtb.uz
  • Ish vaqti: 9:00 - 18:00
«    Апрель 2026    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
27282930 

Yil dasturi

Maktab manzili