Xorazm viloyati, Hazorasp tumani mahallasi

blog


25-may kuni Hazorasp tumanida maktabgacha va maktab taʼlimi bo‘limi tasarrufidagi barcha umumiy o'rta taʼlim maktablarida bu yilgi o‘quv yilining yakuniga bagishlangan “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlari yuqori saviyada o‘tkazildi.


“So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlari Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining tavsiyasiga ko‘ra, mahalla faollari, huquqni muhofaza qilish idoralari vakillari hamda ota-onalar ishtirokida tashkillashtirildi.


Jumladan tumandagi 1 son ixtisoslashtirilgan maktabda ham “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbiri bo'lib o'tdi.

Tadbirda viloyat hokimi o‘rinbosari O‘.Masharipov, tuman hokimi Z.Abdirimov, maktabgacha va maktab taʼlimi bӯlimi boshlig‘i Sh.Axmedovlar qatnashib,O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Umumiy o‘rta taʼlim maktablarining bitiruvchi yoshlariga”   yo‘llagan bayram tabrigini o‘qib eshittirdi va ezgu tilaklarini bildirdilar.

Shuningdek "So‘nggi qo‘ng‘iroq" tadbirida so'z olganlar 11-sinf bitiruvchilarini katta hayotga qo‘yayotgan dastlabki qadamlari bilan tabrikladilar va o'tgan o‘quv yili yangiliklarga va yutuqlarga boy bo‘lganini eʼtirof etishdi.

Ko‘tarinki ruhda o‘tgan tadbirda kuy-qo‘shiqlardan iborat bayram dasturi namoyish qilindi. 
O‘quv yilida yuqori natijalarga erishgan o‘quvchilar hamda ota-onalari, ustoz-murabbiylar rahbariyat tomonidan qimmatbaho sovg‘alar, tashakkurnoma va faxriy yorliqlar bilan taqdirlanishdi.



Tadbir so‘ngida 11-sinf bitiruvchilarini so‘nggi qo‘ng‘iroq jarangi ostida kuzatib qo‘yildi.
Bitiruvchilarimizga kelgusidagi o'qish va ishlarida zafarlar tilaymiz.

Hazorasp tuman maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi Axborot xizmati

Manzil

  • Xorazm viloyati, Hazorasp tumani mahallasi
  • +998 (93) 468-81-88
  • info@hazorasp-mmtb.uz
  • Ish vaqti: 9:00 - 18:00
«    Июнь 2025    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30 

Yil dasturi

Maktab manzili