Xorazm viloyati, Hazorasp tumani mahallasi

blog

25-may kuni Hazorasp tumanidagi 1-son umumta'lim maktabida “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirilari " Ilimni qadrlang, ilimga intiling" shiori ostida yuksak saviyada bo'lib o'tdi.
Davlatimiz madhiyasi sadolari ostida boshlangan tadbirda Hazorasp tuman hokim o'rinbosari Jaloladdin Ruziboyev  ishtirok etib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Umumiy o‘rta taʼlim maktablarining bitiruvchi yoshlariga”   yo‘llagan bayram tabrigini o‘qib eshittirdi.
Shundan so'ng 1-son maktab direktori Azizbek Ismailov bitiruvchilarga, o'zining ezgu tilaklarini bildirib, kelgusidagi o'qish va ishlarida zafarlar tiladi.
Tadbir davomida o‘quv yilida yuqori natijalarga erishgan  o‘quvchilar munosib taqdirlandi.Maktab uzra jaranglagan so‘nggi qo‘ng‘iroq sadolari o‘g‘il-qizlarni yangi maqsadlar va yuksak orzular sari dadil qadam tashlashga undaydi albatta!

Hazorasp tuman maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi Axborot xizmati

Manzil

  • Xorazm viloyati, Hazorasp tumani mahallasi
  • +998 (93) 468-81-88
  • info@hazorasp-mmtb.uz
  • Ish vaqti: 9:00 - 18:00
«    Апрель 2026    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
27282930 

Yil dasturi

Maktab manzili